Vobkent, Peshku, Olot, Qorako'l va Kogon tumanlari hududida joylashgan umumta'lim maktablarida "Bilimlar kuni" munosabati bilan xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ta'lim muassasalariga biriktirilgan xodimlar ishtirokida xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazildi. Tuman hokimliklari, ichki ishlar bo'limlari boshliqlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ullari tomonidan o'tkazilgan ushbu tadbirda xodimlarga qator muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, xizmat vazifalarini o'ta hushyorlik bilan olib borish, o'quvchilar hamda fuqarolar xavfsizligini to'liq kafolatlash, shuningdek, maktab atrofini tozalash va tartibga keltirish bo'yicha aniq topshiriqlar berildi. Bu kabi chora-tadbirlar yangi o'quv yilining dastlabki kunini tinch, osoyishta va yuqori saviyada o'tkazishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube









