Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga!
O‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yadigan, tashabbuskor, faol va lider yoshlarni Yoshlar ittifoqi safiga taklif etamiz!
Yoshlar ittifoqi bilan siz:
Institut miqyosidagi hamda respublika darajasidagi loyiha va tadbirlarda ishtirok etasiz;
Yetakchilik, jamoada ishlash va tashkilotchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
O‘z g‘oya va tashabbuslaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
Faol, iqtidorli va intiluvchan yoshlar safida o‘z o‘rningizni topasiz;
Talabalik yillaringizni mazmunli va unutilmas lahzalarga boyitasiz.
Yoshlar ittifoqi — bu shunchaki jamoa emas, balki o‘z ustida ishlaydigan, tashabbus ko‘rsatadigan va Vatan ravnaqi yo‘lida birlashgan yoshlar oilasidir.
Agar siz ham institut hayotida faol bo‘lishni, yangi marralarni zabt etishni va o‘z salohiyatingizni namoyon etishni istasangiz, bizning safimizga qo‘shiling!