HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QURʼONI KARIMDAN DALILLAR (TOʻRTINCHI QISM)
9. Alloh taolo bunday buyuradi: «Ey moʻminlar, juma kunidagi namozga chorlansa (yaʼni, azon aytilsa), darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan boʻlsangiz, mana shu (yaʼni, Allohning zikriga – juma namozini oʻqishga shoshilish) oʻzlaringiz uchun yaxshiroqdir. Endi qachon namoz ado qilingach, Yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu roʻz) istayveringiz. Allohni koʻp zikr qilingizki, shoyad najot topursizlar. (Ey Muhammad!) Ular biron tijoratni yoki oʻyin-kulgini koʻrib qolsalar, oʻshanga qarab sochilib-tarqalib keturlar va sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark qilurlar. Ayting: «Alloh huzuridagi narsa (imon va yaxshi amallar uchun beriladigan ajr-mukofot) oʻyin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir! Alloh rizq berguvchilarning yaxshirogʻidir!» [Jumʼa surasi, 9–11-oyatlar]...
Batafsil:
Yaqinlaringizga ulashing!



