MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BOʻLSIN! Hurmatli yurtdoshlar! Imom… — bukhari.uz — TG.ME

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BOʻLSIN!

Hurmatli yurtdoshlar!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi barchangizni mamlakatimiz hayotidagi eng ulugʻ va qutlugʻ sana — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning milliy gʻururi, erkinligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqining buyuk timsolidir. Ushbu ulugʻ neʼmat tufayli yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik, ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu qutlugʻ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik va taraqqiyot tilaymiz.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon boʻlsin! Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi

#Mustaqillik35yil #MustaqillikBayrami #Vatan #Oʻzbekiston
 
Yaqinlaringizga ulashing!
✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
👍6
August 31, 2026 113 1