Prezident: Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasi jahon ahlining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga alohida to‘xtaldi.
Davlatimiz rahbari jonajon Vatanimiz azaldan ulug‘ mutafakkirlar, aziz avliyolar va buyuk allomalar yurti bo‘lib kelganini ta’kidladi.
Ushbu bebaho merosga munosib ravishda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-ma’rifiy dargohlar barpo etilgani qayd etildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu muhtasham va tabarruk maskanlar nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Ana shunday ulug‘vor bunyodkorlik ishlari jadal davom ettiriladi.
Yaqinlaringizga ulashing!



