bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha Markazda talabalar amaliyoti… — bukhari.uz — TG.ME

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha

Markazda talabalar amaliyoti boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida taʼlim va tadqiqot uygʻunligini taʼminlash maqsadida talabalar uchun nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlarni, arxiv hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq saqlash, qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish boʻyicha maxsus amaliyot dasturiga start berildi. Ushbu dastur ajdodlarimizdan meros qolgan boy ilmiy va maʼnaviy xazinani avaylab-asrash, chuqur tadqiq etish va kelajak avlodlarga betalafot yetkazish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarda noyob manbalar bilan professional ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Amaliyot mashgʻulotlari davomida Akademiya talabalari dastlab Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyati, boy qoʻlyozmalar fondi, Axborot-kutubxona markazi va muzey boʻlimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ularga fondda saqlanayotgan 1600 dan ortiq manba, jumladan, Qurʼon ilmi, hadis, fiqh va 20 dan ziyod boshqa yoʻnalishga oid qoʻlyozma va toshbosma asarlar, xususan, XIV asrga oid Zamaxshariyning “Tafsiri Kashshof” kitobi kabi bebaho yodgorliklar haqida atroflicha maʼlumot berildi...

Batafsil:
👉 bukhari.uz/?p=52135&lang=oz

📝 Кирилл алифбосида ўқинг

Yaqinlaringizga ulashing!
✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X
👍31👏19🔥15✍2
August 26, 2026 1.7K 18