#mustaqillik
NAMANGAN — YANGI NAFAS
Uychi tumanida joylashgan “Jiydakapa” suv inshooti Yevropa taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida 5,2 million dollar mablag‘ hisobiga to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Inshootning suv uzatish quvvati 90 ming kub metrdan 180 ming kub metrga oshirildi. 49 ta quduq rekonstruksiya qilinib, energiya tejamkor nasoslar va SCADA raqamli boshqaruv tizimi joriy etildi.
Bugun inshoot 170 mingga yaqin aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda. Elektr energiyasi sarfi esa 35 foizga kamaydi.
@bizningnamangan
Forwarded fromBizning Namangan
September 1, 2026 1.3K