Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilindi ➡️ 3 nafar xorijiy… — BUGUNGI GAP | Расмий канал — TG.ME

🪪 Kirish vizasi uchun 31 ming dollar talab qilindi

➡️ 3 nafar xorijiy fuqaroga noqonuniy ravishda mamlakatimiz hududiga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 31.200 AQSH dollari olgan vaqtida Toshkent shahrida yashovchi, 1985 y.t. shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

💵 Ushbu shaxs mazkur pul mablag‘ining 4200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarni poytaxtda istiqomat qiluvchi, 1960 y.t. fuqaroga berishi kerakligi aniqlanib, davom ettirilgan tezkor tadbirda, u ham 27 ming dollarni olgan vaqtida DXX va IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

⚖️ Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating
👇

✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
👍31
September 2, 2026 69.2K 2