🚀 Kelajak ostonasida: Sun'iy intellekt san'atni buzadimi yoki vaqtimizni tejaydimi?
Hozirgi kunda hammamiz ulkan texnologik burilish — kelajak ostonasida turibmiz. Barchamizga ma'lumki, video montaj, digital rassomlik yoki dublyaj va ovoz yozish kabi ijodiy onlayn kasblar jadal rivojlanmoqda. Ammo bu ijodiy jarayonlar ichida ijodkorni charchatadigan, ko'p vaqtini o'g'irlaydigan bir qancha "mayda ishlar" yashiringan. Masalan: videolarga aniq tayming bilan subtitrlar tayyorlash, fayllarni konvertatsiya qilish yoki audiodagi texnik shovqinlarni tozalash.
Nega endi bu qora mehnatcha ishlarni dasturlarga topshirmasligimiz kerak?
Hatto bu vazifalarni bajara oladigan tayyor dastur yaratilmagan bo'lsa ham, bugungi kunda sun'iy intellekt yordamida o'z ishimizni avtomatlashtiruvchi maxsus skriptlar va dasturlarni o'zimiz yaratib olishimiz hech gap emas. Mayda va takrorlanuvchi ish bo'lgani uchun AI va dasturlar buni xatosiz, oson va tez eplaydi. Bu esa bizning soatlab ketadigan vaqtimizni daqiqalarga qisqartiradi.
Eng muhimi — bu san'atni buzish emas!
Ba'zilar buni "san'atni dasturlarga topshirib qo'yish" deb o'ylashi mumkin, ammo unday emas. Dasturlar faqatgina qolipli, texnik mexanikani bajaradi. Qahramonning dardini his qilib ovoz berish, kadrlar orqali tomoshabinga tuyg'u ulashish va asarning yakuniy ruhini yaratish baribir insonning, ya'ni bizning qo'limizda qoladi.
Biz AI'dan foydalanib o'zimizni almashtirmayapmiz, aksincha, asosiy vaqtimizni texnik mayda-chuydalarga emas, aynan haqiqiy san'atga va ijodga sarflash imkoniyatini yaratyapmiz meni miyamda shu suzlar aylanib yuribdida