📢 HURMATLI OTA-ONALAR!
Avvalo, Bilol School va Bilol Kids jamoasiga bildirayotgan ishonchingiz uchun barchangizga samimiy tashakkur bildiramiz! 💙
Farzandlarimizning xavfsizligi va maktab oldidagi umumiy tartibni saqlash maqsadida sizlardan quyidagi jihatlarga e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz:
🚗 Farzandingizni olib kelish va olib ketishda transport vositalarini tartibli joylashtirishingizni so‘raymiz. Mashinani boshqa avtomobillarning kirib-chiqishiga yoki harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan joyda qoldirmang.
🏫 Eslatib o‘tamiz, maktabimiz ijaradagi binoda faoliyat yuritadi va bino atrofidagi umumiy hudud maktabimizga tegishli emas. Maktab jamoasi, avvalo, ta’lim-tarbiya jarayoni va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun mas’uldir. Shuning uchun tashqi hududdagi tartibni saqlashda barchamizning hamkorligimiz juda muhim.
🚧 Shu bilan birga, qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda kirish darvozasini kengaytirish rejalashtirilgan. Bu avtomobillarning kirib-chiqishini ancha yengillashtiradi.
📍 Kattaroq yoshdagi o‘quvchilarni, zarurat bo‘lmasa, avtomobilda maktab hududigacha olib kirish o‘rniga katta yo‘l yoqasidagi xavfsiz joyda tushirib qo‘yishni tavsiya qilamiz.
⏰ Dars tugash vaqtida avtomobillar soni bir vaqtda ko‘payishi tabiiy. Tirbandlikda kutishni istamagan ota-onalar biroz kechroq kelishlari yoki farzandlari bilan kelishilgan holda katta yo‘l yoqasidagi xavfsiz joyda kutishlari mumkin.
🚕 Bilol School'ga taksi chaqirilganda ham, imkon qadar taksini ichkariga chaqirmasdan, ozgina piyoda yurib katta yo‘l tomon chiqib minish tavsiya etiladi. Bu kirish-chiqishdagi tirbandlikni sezilarli kamaytiradi.
🤝 Eng muhimi — bir-birimizni hurmat qilaylik va biroz sabrli bo‘laylik. Bir avtomobilning noto‘g‘ri qo‘yilishi ortidan o‘nlab boshqa ota-onalar kutib qolishi mumkin.
Ushbu e’lonni to‘g‘ri tushunib, farzandlarimizning xavfsizligi va barchamizning qulayligimiz uchun umumiy tartibga amal qilishingizni so‘raymiz.
Hamkorligingiz va tushunishingiz uchun tashakkur!
💙 Bilol School & Bilol Kids ma’muriyati
Forwarded fromBaxshullo Rajabov

3
2
1August 20, 2026 2.5K 3 14