BILINGUAL LS🇺🇿🇺🇸🇬🇧& IELTS CENTRE✈️🛩: post #4154 — TG.ME

🇰🇷🎓 ASADBEK — KOREYAGA YO‘L! 🇰🇷🎓

Yana bir men uchun alohida quvonchli xabar! ❤️

Mening shogirdim va qariyb 2 yil davomida yonimda assistant teacher bo‘lib, menga yaqindan yordam bergan Asadbekning ham Janubiy Koreyada o‘qish uchun vizasi chiqdi! 🇰🇷🎉

Asadbek bilan shunchaki ustoz-shogird emas, deyarli ikki yillik birga mehnat, darslar, natijalar va juda ko‘p xotiralar bog‘lab turadi. Shu sababli uning bugungi yutug‘i men uchun alohida ahamiyatga ega. ❤️

Endi esa oldinda yangi davlat, yangi muhit va yangi imkoniyatlar! 🌏📚

Asadbek, seni chin qalbimdan tabriklayman! 🤝🎓
Kelgusi o‘qishlaringga ulkan omad, yangi hayotingga muvaffaqiyat va eng muhimi, ortingdan faxrlanadigan darajada katta natijalar tilayman! 🤲🇰🇷

💙 Ba'zi shogirdlar ustozning yonida o‘qib ketadi, ba'zilari esa vaqt o‘tib hamkasbga aylanadi. Asadbek — men uchun ikkalasini ham uddalagan shogirdlardan.

Koreya sari yo‘ling ochiq bo‘lsin, Asadbek! 🇰🇷✈️🎓
🔥43❤17🎉9👍6🤩1🏆1
August 21, 2026 972 84 12