Ingliz tilida "Men ham" deb javob berish. ✅ Inkorsiz gaplarda "too"… — EasyEnglish — TG.ME

​​​​​​​​​​ 💡 Ingliz tilida "Men ham" deb javob berish. ✅ Inkorsiz gaplarda "too" ishlatiladi: - I am happy (men hursandman) - I am happy too (Men ham hursandman) ✅ Inkor gaplarda xuddi shu ma'noni ifoda qilish uchun either ishlatiladi: - I am not hungry (Men och emasman) - I am not hungry either (Men ham och emasman) ☝️ Ikkalasida ham "men ham" degan ma'no chiqadi. Bu so'zlar doim gapning oxirida keladi. ✅ Gapni takrorlamasdan shunchaki men ham deb javob berish uchun so/neither so'zlaridan foydalanamiz va ega bilan undan keyingi so'z o'rnini almashtirib yozamiz. ✅ Agar gap inkorsiz bo'lsa "so" ishlatamiz: - I am tired (Men charchadim) - So am I (Men ham) ✅ Agar gap inkorni ifoda qilsa "neither" ishlatiladi: - I haven't got a key (Menda kalit yo'q) - Neither have I (Menda ham) Ko'rib turganingizdek, birinchi kishining gapi qaysi zamonda yoki have, will, can kabi so'zlardan qaysi biri bilan aytilsa, "men ham" deyishda ham shunday qilinadi. So did I, neither do I, so will I, neither can I va hokazo. ☝️E'tibor beramiz, tepadagi "either" so'zini ishlatganimizda inkor borligi uchun "not" so'zini ham ishlatamiz. ☝️Ammo, "neither" ishlatilganda "not" qo'yilmaydi, chunki bu so'zning o'zi inkorni ifoda qiladi. Ba'zan "neither" o'rnida "nor" ham ishlatiladi, ikkalasining vazifasi bir xil: - I'm not married (Men oila qurmaganman) - Nor am I (Men ham). ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ https://t.me/bigstepstothetop

telegra.ph/file/30475606c581680ac409a.jpg
August 9, 2024 292 2