Present simple (question) - Oddiy hozirgi zamon (so'roq shakli) Oddiy… — EasyEnglish — TG.ME

​​ 📚 Present simple (question) - Oddiy hozirgi zamon (so'roq shakli) Oddiy hozirgi zamondagi gapni so'roq gapga aylantirish uchun gapning boshiga "Do" yoki "Does" so'zini yozamiz: Masalan: I read - men o'qiyman. (darak gap) Do I read? - men o'qiymanmi? (so'roq gap) We love english - Biz ingliz tilini sevamiz. Do we love english? - Biz ingliz tilini sevamizmi? You like ice cream - Siz muzqaymoqni yoqtirasiz. Do you like ice cream? - Siz muzqaymoqni yoqtirasizmi? What, where, who, how kabi so'roq so'zlari gapning boshida do, does yordamchi fe'llaridan oldin keladi. What do you do? - Nima ish qilasiz? ☝️ E'tibor bering: yuqoridagi gapda birinchi "do" oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi yordamchi fe'l, ikkinchi "do" - qilmoq ma'nosidagi asosiy fe'l bo'lib kelyapti. Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) "does" ishlatiladi. Does he live in Uzbekistan? - U O'zbekistonda yashaydimi? Does she like hamburgers? - U gamburgerlarni yoqtiradimi? Savollarga qisqa javoblar berish mumkin: 1-shaxsda Do you read? - Siz o'qiysizmi? - Yes, I do yoki No, I don't. 2-shaxsda - Yes, you do yoki No, you don't. 3-shaxs birlikda erkak bo'lsa - Yes, he does yoki No, he doesn't. 3-shaxs birlikda ayol bo'lsa - Yes, she does yoki No, she doesn't. 3-shaxs birlikda jinsi noma'lum yoki odam bo'lmasa - Yes, it does yoki No, it doesn't. 3-shaxs ko'plikda - Yes, they do yoki No, they don't. Hammasi "ha" yoki "yo'q" degan ma'noda ishlatiladi.

August 5, 2024 214 2