Present simple (negative) - Oddiy hozirgi zamon (inkor shakli) Oddiy… — EasyEnglish — TG.ME

​​ 📚Present simple (negative) - Oddiy hozirgi zamon (inkor shakli) Oddiy hozirgi zamonda inkorni ifodalash uchun ish-harakat so'zi ya'ni fe'ldan oldin 1-, 2-shaxsda va barcha shaxsning ko'pligida "do not" (qisqartmasi: don't) ishlatiladi. Masalan: I run - Men (odatda) yuguraman (darak gap) I do not (don't) run - Men (odatda) yugurmayman (inkor gap) We play football - Biz futbol o'ynaymiz (darak gap) We do not (don't) play football - Biz (odatda) futbol o'ynamaymiz (inkor gap) They speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishadi (darak gap) They do not speak English - Ular (odatda) inglizcha gapirishmaydi (inkor gap) Oddiy hozirgi zamonda inkor gapni yasayotganimizda 3-shaxs birlikda (he/she/it) do yordamchi fe'liga -es qo'shimchasi qo'shiladi va does not (qisqartmasi: doesn't) ishlatiladi. Masalan: He likes swimming - U (o'g'il bola) suzishni yoqtiradi (darak gap) He doesn't like swimming - U suzishni yoqtirmaydi. (inkor gap) She loves birds - U (qiz bola) qushlarni sevadi. (darak gap) She doesn't love birds - U qushlarni sevmaydi. (inkor gap) E'tibor bering, do not yoki does not bo'lganda harakatni anglatadigan so'zga ies/es/s qo'shimchalari qo'yilmaydi.

telegra.ph/file/cdba5685c086d15d10252.jpg
August 5, 2024 216 1