#grammarstructure 📚Theme: Present simple - Oddiy hozirgi zamon Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi. Uchinchi shaxs birlikda (he, she, it) so'ng fe’l o‘zagiga , -ies,-es, -s qo‘shimchalari qo‘shiladi. Masalan: 🔹Darak gap I play - Men o'ynayman. We play - Biz o'ynaymiz. You play - Siz o'ynaysiz. They play - Ular o'ynaydilar. He plays - U o'ynaydi. She plays - U o'ynaydi. It plays - U o'ynaydi. ✅Oddiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi. Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi. Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi: He goes - U boradi She does - U bajaradi. Study, worry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: He studies - U o'rganadi She worries - U xavotirlanadi. Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads. ✅Oddiy hozirgi zamon quyidagi hollarda ishlatiladi: Biror narsa yoki kimsaning hozirgi holati yoki maqomini ifodalash uchun holat fe’llari bilan. Does Madina live in Tashkent now? - Madina hozir Toshkentda yashayaptimi? Oddiy hozirgi zamon odat tusiga kirgan, takrorlanuvchi ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Sanjar drinks coffee every morning. - Sanjar har kuni ertalab kofe ichadi.
grammarstructure 📚Theme: Present simple - Oddiy hozirgi zamon Ingliz… — EasyEnglish — TG.ME
August 5, 2024 178 2