Bitta tabletka qanday qilib shuncha muammoga yordam berishi mumkin?… — SALOMATLIK SIRLARI | VALEOLOGIYA VA NUTRISOLOGIYA — TG.ME

❓ Bitta tabletka qanday qilib shuncha muammoga yordam berishi mumkin?

Bu savolni bizga ko‘p berishadi.

Haqiqatan ham, bir qarashda bu juda oddiy savoldek tuyuladi. Axir inson organizmida turli organlar, turli tizimlar va juda ko‘p jarayonlar mavjud. Unda qanday qilib bitta mahsulot butun organizmga kompleks yondashishi mumkin?

💡 Buning javobini tushunish uchun masalaga biroz boshqacha qarash kerak.

Biz faqat kasallik yoki alohida bir organga emas, inson organizmining eng asosiy qurilish birligi — HUJAYRAGA e’tibor qaratishimiz kerak.

🧬 Chunki inson tanasi trillionlab hujayralardan tashkil topgan.

Yurak ham hujayralardan iborat.
Mushaklar ham hujayralardan iborat.
Jigar ham hujayralardan iborat.
Teri, miya, qon, ichaklar — bularning barchasining asosida hujayralar turadi.

Demak, organizm haqida gapirganda hujayralarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.

Tasavvur qiling:

🏠 Uy minglab g‘ishtlardan quriladi.

Agar g‘ishtlar mustahkam bo‘lsa — bino ham mustahkam bo‘ladi.

Xuddi shunga o‘xshab, inson organizmining milliardlab va trillionlab hujayralari o‘z vazifasini normal bajara olishi uchun ularga kerakli sharoit va oziq moddalar zarur.

Hujayralar doimiy ravishda ishlaydi. Ular energiya ishlab chiqaradi, moddalarni qabul qiladi, chiqindilarni chiqaradi, signallar almashadi va o‘z vazifasini bajaradi.

Ammo zamonaviy hayot tarzi hujayralarga ham ta’sir qiladi.

Stress, uyqusizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish, ekologik omillar, jismoniy faollikning kamayishi va oziq moddalar yetishmasligi organizmning normal jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuning uchun asosiy savol:

❌ “Qaysi organga nima beramiz?”

emas,

☑ “Organizmning asosini — hujayralarni qanday qo‘llab-quvvatlaymiz?”

degan savol bo‘lishi kerak.

BELEEVER mahsulotlariga bo‘lgan yondashuv ham aynan shu tushunchaga asoslangan.

🧬 Hujayra — organizmning asosiy birligi.

Keyingi qismda esa eng qiziq savolga o‘tamiz:

👉 Inson tanasida nechta hujayra bor va nima uchun har bir organ o‘ziga xos hujayralarga ega?

Davomini kuting. 👇
❤1
September 14, 2026 40 2