ArcGIS Online Platformasi bilan Tanishuv ArcGIS Online — bu Esri… — Bek_GIS — TG.ME

🎞 ArcGIS Online Platformasi bilan Tanishuv ArcGIS Online — bu Esri (Environmental Systems Research Institute) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, bulutli texnologiyalar (SaaS) asosidagi xaritalash va fazoviy tahlil uchun mo'ljallangan zamonaviy platformadir. 🌐 ArcGIS Online — bu veb-GA (Geografik Axborot Tizimi) va veb-GIS loyihalari uchun samarali yechimdir. Hozirda O'zbekistonda ko'plab tashkilotlar ArcGIS ekotizimidan foydalanmoqda. 🏢 Ushbu platforma talabalar va mustaqil izlanuvchilar uchun veb-xaritalar yaratishda qulay imkoniyatlarni taqdim etadi. 🎓 Bu video darsda quyidagi mavzular yoritiladi: 🔸 ArcGIS Online haqida umumiy ma'lumot 🔸 Talabalar va shaxsiy foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar 🔸 CACGeoportal haqida va ro'yxatdan o'tish jarayoni 🔸 Qatlamlarni yuklash va ular bilan ishlash 🔸 MapViewer interfeysi bilan qisqacha tanishuv Batafsil ma'lumot uchun: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=idAEwov86K0 Sayt | Telegram | Youtube | Kurslar | Fayllar

May 20, 2026 777 6 2