Onajonim mehribonimsiz Meni deya alamlar yutgan Kechalari uxlamay… — Onam Jannatim — TG.ME

Onajonim mehribonimsiz Meni deya alamlar yutgan Kechalari uxlamay kutgan Yeqilsam gar qo'llarim tutgan Onajonim mehribonimsiz Bemor bo'lsam parvona o'zi Tilo zardan qimmatur so'zi Mehrlarga to'lgandur ko'zi Onajonim mehribonimsiz Dard cheksam derdim olgan Yo'lim poylab ko'zlari tolgan Yolg'izlikda yonimda qolgan Onajonim mehribonimsiz Boshlarimni doim silagan Namozlarda umrim tilagan Kechalarida bedor tunagan Onajonim mehribonimsiz Do'sti yorlar yolg'iz qo'yganda Erkalatib meni suyganda Dard cheksam ko'p kuyganda Onajonim mehribonimsiz

November 6, 2023 1.2K 13