🌸🌸 Bahor🌸🌸
Adirlarda, qirlarda bahor
Suvga to'lib oqadi anxor
Gullar ochgan go'yo kelinchak
Vodiylarni bosgan gul chechak
Quyosh nurin yarqirab sochgan
Gullar bag'rin quyoshga ochgan
Ko'klam bilan qoplangan olam
Tog'da ilk bor ochilgan lolam
O'rik oppoq bo'lib gullagan
Shabodalar esib uvillagan
Boychechaklar kulib ochilar
Hushbuy xidlar har yon sochilar
Qaldirg'ochlar qo'shiq aytishar
Ketgan qushlar yana qaytishar
Soylar asta shildrab oqar
Dilga bahor havosi yoqar
Doshqozonda sumalak qaynar
Bog'da bulbul tinmayin sayrar
Olam ila yangrar ko'klam navosi
Domoqlarni yayratar bahor havosi
Muallif: Behzodbek Jo'rayev
✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
@Genetika_masalalar_yechimi
@Genetika_masalalar_yechimi
@Genetika_masalalar_yechimi
3
2
2
1
1March 21, 2024 1K 2