Azon Vaqfi Turkiyada oliy ta'lim tahsili olmoqchi bo'lgan nomzodlarga bakalavr bosqichi uchun turli yo'nalishlarda imtiyozli o'qishni taklif qiladi!
Vaqfimiz buning uchun ta’lim shartnomasi imzolagan bo'lib, bu shartnomaga ko'ra, siz Azon Vaqfi orqali Fotih Sulton Mehmet Vaqf Universtitetiga 65% dan 75% gacha bo’lgan grandlar asosida qabul qilinasiz.
Ushbu grandlar Islomiy ilmlar, huquq, tarix, psixologiya, siyosatshunoslik va boshqa barcha yo’nalishlarda qo’llaniladi. Va bu bilan siz Turkiyadagi o’z sohasi bo’yicha yuksak bilim va tajribaga ega bo’lgan mutaxassislar davrasida ta’lim olishingiz va xalqaro rasmiy maqomga ega diplom egasi bo’lishingiz mumkin.
Sizning o’qishga joylashishingiz vaqfimizning talabalar bilan ishlash komissiyasi tomonidan jarayon so’nggiga qadar nazorat qilib boriladi va eng asosisysi, siz o’zingizga kerakli ma’lumotlar borasida vaqfimiz tomonidan zaruriy ko’mak bilan ta’minlanasiz.
Fakultet va shartlar bilan tanishish: havolaga_bosing
Bog'lanish uchun: @azonvaqfi_tr
Telegram | Twitter | Facebook | Instagram

6
2
1
1
1
1August 14, 2026 25.1K 147