,,AVITSENNA" O'quv markazi: post #1376 — TG.ME

❗️B2 sertifikati yo‘q xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish taklif etildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.


🔰 Unga koʻra, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til oʻqituvchilari uchun talab etiladigan tegishli sertifikatga ega boʻlmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi amaldagi hukumat qarorida avvaldan belgilangan. Muhokamaga qoʻyilgan loyiha esa ushbu talab bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan huquqiy normani aniqlashtirmoqda.

Loyiha 2026-yil 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida boʻladi. Yakuniy qaror muhokama natijalariga koʻra qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
July 28, 2026 295