Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi. Nimalarni bilish muhim? Ertaga… — ,,AVITSENNA" O'quv markazi — TG.ME

⚡️Ertadan kirish imtihonlari boshlanadi. Nimalarni bilish muhim?

Ertaga 14-iyuldan boshlab kirish imtihonlari boshlanadi.

Soat nechchida borish kerak?

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, ertalabki smenaga tushganlar soat 06:30 da, peshingi smenadagilar esa 13:30 da test hududida bo'lishlari kerak.

🗂 Qanday hujjatlar kerak?

Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

Nima olib kirib bo'lmaydi?

🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

Nima olib kirish mumkin?
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
oddiy qo‘l soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik ko‘zoynak (boshqa ko‘zoynaklar mumkin emas);
pul;
dastro‘mol;
kalit;
sog'lik uchun zarur dorilar.

🖊 @BMB_testbot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin.
July 13, 2026 356 2