,,AVITSENNA" O'quv markazi: post #1369 — TG.ME

Forwarded fromXUXushnudbek.uz
Son kamaygani bilan, sifat oshyapti

Abituriyent kamayib, ball tusharkan, deb o‘ylamang. Nufuzli yo‘nalishlarda ball har qachongidan baland bo‘lishi kutilmoqda.

Chunki joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan).

Tasavvur qilyapsizmi, 13 ming kishi allaqachon tegishli balini naqd qilib bo‘lgan.

Eng qizig‘ini aytaymi, 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 2024-yilda esa atigi 1 nafar abituriyentda barcha fandan sertifikatlar bor edi. O‘sishni ko‘ryapsizmi?

2024-yil - 1 nafar;
2025-yil - 678 nafar;
2026-yil - 12 ming 997 nafar.

Bilimli yoshlarimiz ko‘payotganidan, bilim uchun harakat qilayotganidan juda xursandman.

P.S.: lekin bir narsa men uchun juda qiziq va hattoki biroz xavotirli — maksimal 189 ball olgan minglab abituriyent bitta oliygohning bitta yo‘nalishini tanlasa nima bo‘ladi? Buncha talabani o‘qita olmasligi aniq-ku. Mas’ullar bu borada bosh qotirishmoqda, biron adolatli yechim topiladi, degan umiddamiz.



👉 @xushnudbek 👈
❤1
July 10, 2026 232 1