Diqqat e’lon!!! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining… — ASTU YOSHLAR ITTIFOQI — TG.ME

Diqqat e’lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 206-son qaroriga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yilida respublika davlat oliy
ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 160 nafar talaba “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarida ta’lim oldi va bugungi kunda
mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomladi.

Mazkur tayyorlov o‘quv kurslari Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur
bo‘lgan, sun’iy intellekt texnologiyalarini turli soha va tarmoqlarga integratsiya qila oladigan, innovatsion va startap loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy
etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2026/2027-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli talabalarni saralab olish jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, tanlov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etish hamda belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan veb manzillar orqali iqtidorli talabalarning tanlovda faol ishtirokini ta’minlashingizni so‘raymiz.


Ma’lumot uchun: Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 15-avgustga qadar https://dscience.uz/qabul/2026 veb manzili hamda https://t.me/datasciencekonkurs
telegram manzili orqali qabul qilinadi
Telegram
Менеджер
Приём заявок на конкурс
August 14, 2026 285 2