AI va Machine Learning bo‘yicha bepul ta’lim dasturiga start berildi… — Asror school — TG.ME

Forwarded fromITIT Park Uzbekistan
🤖 AI va Machine Learning bo‘yicha bepul ta’lim dasturiga start berildi

“O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida AI / ML (Artificial Intelligence & Machine Learning) yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturi boshlandi.

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan hamda Jahon banki ko‘magida amalga oshirilmoqda va 300 nafardan ortiq ishtirokchini qamrab oladi.

Ta’lim quyidagi hududlarda yo‘lga qo‘yildi:

🔹 Toshkent shahri
🔹 Qashqadaryo viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Xorazm viloyati

Dastur davomida ishtirokchilar:

🔹 sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish asoslarini;
🔹 ma’lumotlar tahlilini;
🔹 AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar.

Ta’lim xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanadi.

🎓 Dastur yakunida ishtirokchilar AI va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarga ega bo‘ladilar, eng yaxshi bitiruvchilarga esa IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishda ko‘mak beriladi.



🤖 AI & Machine Learning Training Program Launched

As part of the Digital Inclusion of Uzbekistan project, a new AI / ML (Artificial Intelligence & Machine Learning) training program has officially started.

Implemented with the support of the Ministry of Digital Technologies of Uzbekistan, IT Park Uzbekistan, and the World Bank, the program is expected to train more than 300 participants.

Training has started in:
🔹 Tashkent City
🔹 Kashkadarya Region
🔹 Surkhandarya Region
🔹 Khorezm Region

Participants will gain practical knowledge in:
🔹 artificial intelligence and machine learning;
🔹 data analytics;
🔹 development of AI-powered solutions.

The program follows international educational standards and combines theoretical learning with hands-on practice.

🎓 Upon completion, participants will acquire the skills needed to build careers in AI and digital technologies, while top graduates will receive support in securing employment opportunities with IT and ITES companies.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤4🔥2👏2😍2
June 14, 2026 669 1