Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi Toshkent… — Para_archery — TG.ME

Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
Toshkent davlat yuridik universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindori, bir necha bor O‘zbekiston chempioni Ubaydulla Imomqulov ishtirok etdi.
Tadbir davomida matonatli sportchimiz o‘zining faoliyati va erishgan natijalari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Uchrashuvda talabalar ham o'zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

TELEGRAM: @archery_olymp
👍2
January 14, 2025 565