Hozir qanday stack bilan ishlayapmiz? AppSheet’dan agentic coding’ga…

🧩 Hozir qanday stack bilan ishlayapmiz?

AppSheet’dan agentic coding’ga o‘tganimizdan keyin development jarayonimiz ham ancha o‘zgardi.

Hozir asosiy stack’imiz:

📦 GitHub Monorepo — bir nechta app, package va umumiy komponentlarni bitta repository’da boshqaramiz.

🤖 Agent Rules — Claude va Codex uchun loyiha arxitekturasi, coding standard, component usage va boshqa qoidalarni oldindan belgilab qo‘yamiz.

🧱 Storybook — UI komponentlarni app’dan alohida yaratish va test qilish uchun.

👀 Chromatic — UI’dagi vizual o‘zgarishlarni avtomatik tekshirish va review qilish uchun.

🎨 Untitled UI — design system va tayyor UI pattern’lar uchun asos sifatida.

🇵🇱 Misol: Polshadagi mijozimizning AppSheet tizimlarini web’ga ko‘chirishni boshlaganimizga taxminan 3 oy bo‘ldi. Jami 12 ta app’dan 9 tasi production’da, qolgan 3 tasi development jarayonida.

Biz uchun agentic coding shunchaki AI bilan tezroq kod yozish emas — AI’ni aniq qoidalar, yaxshi arxitektura va professional development workflow ichida ishlatish. 🚀
🔥7⚡2🆒1
23 août 2026 404 4