Qabul2025 #AkademikLitsey ⚡️Ertaga akademik litseylarga qabul… — ALWIUT, wait for me — TG.ME

#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Ertaga akademik litseylarga qabul boshlanadi


💬 10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlanadi.

📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” yoki Vazirlikning @eduuzuniversalbot'i orqali olish mumkin.

*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi
bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤1🔥1🤩1
June 9, 2025 1.2K 30