Hurmatli yurtdoshlar, qadrli o‘quvchilar va ota-onalar! "Vector"… — Algorithmic School IT Center Samarkand — TG.ME

Forwarded fromVEV E C T O R
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli o‘quvchilar va ota-onalar!

"Vector" o‘quv markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan chin dildan muborakbod etadi!

Mustaqillik — har bir yoshning o‘z orzulari sari dadil qadam tashlashi, bilim olishi, zamonaviy texnologiyalarni egallab, jahon minbarlarida yurtimiz dovrug‘ini tarannum etishi uchun cheksiz imkoniyat demakdir.
Biz har bir o‘quvchimizning ilm-fan, dasturlash, robototexnika va intellektual yutuqlari orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishiga ishonamiz. Sizning intilishingiz va mehnatingiz — yurtimizning qudratli kelajagidir.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ilm yo‘lida ulkan zafarlar va yangi cho‘qqilarni zabt etishingizni tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
👍1
August 31, 2026 61 2