Sun'iy intellektdan aniq va sifatli javob olishning yagona siri — unga to'g'ri buyruq (prompt) bera olishda. Quyida har bir dasturchi, IT sohasi vakillari va umuman kompyuterda ishlovchilar uchun kundalik vazifalarni yengillashtiruvchi tayyor promptlarni jamladik:
1. Begona kodni tushunish va tahlil qilish uchun:
"Men [dasturlash tili, masalan: JavaScript] da yozilgan ushbu kodni tushunmayapman. Iltimos, uning qanday ishlashini qadamma-qadam, boshlang'ich dasturchi tushunadigan oddiy tilda tushuntirib ber: [kodni joylash]"
2. Kodni tozalash va optimallashtirish (Refactoring):
"Men yozgan ushbu kod to'g'ri ishlayapti, lekin uni 'Clean Code' tamoyillariga mos ravishda, o'qishga qulay, qisqa va optimalroq qilib qayta yozib ber. Nimalarni o'zgartirganingni qisqacha izohla: [kodni joylash]"
3. Xatoliklarni (Bug) topish va tuzatish:
"Dasturimda quyidagi xatolik (error) yuz berdi: [xatolik matni]. Bu xato nima uchun chiqayotganini tushuntir va uni to'g'rilash uchun eng maqbul yechimlarni (kod ko'rinishida) taklif qil."
4. Yangi texnologiya o'rganish (Shaxsiy Mentor):
"Men [texnologiya/freymvork nomi, masalan: Node.js] ni noldan o'rganmoqchiman. Menga ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun kunlarga bo'lingan, aniq va amaliyotga asoslangan 1 oylik o'quv rejasini (roadmap) tuzib ber. Har bir mavzu bo'yicha asosiy tushunchalarni yoz."
5. Professional xat yoki xabar yozish:
"Men mijozga (yoki jamoaga) loyiha holati haqida xat yozmoqchiman. Ushbu qoralama matnimni grammatik xatolardan tozalab, IT sohasiga mos, professional va ishonchli ohangda qayta yozib ber: [matningizni joylash]"
6. IT terminlarni oson tushunish uchun:
"[Murakkab termin, masalan: Docker va Kubernetes] nima ekanligini umuman IT sohasidan yiroq bo'lgan odamga tushuntirgandek, hayotiy o'xshatishlar (analogiyalar) yordamida tushuntirib ber."
Reaksiya qoldiring:
#foydali #ai #prompt #chatgpt #suniy_intellekt #dasturlash
@aiustozuz