Peshin vaqti. Azon chaqirildi. Sunnat o'qildi. Navbat farzga. Imom namozni boshladi va oldingi qatorlar to'ldirildi.
To'satdan oldimga bir amaki kelib turdi. Xar kimga o'xshagan inson deb o'yladim. Namozda axamiyat bermadim. Salom berib namozni tugatagandan keyin bildimki amakining qo'llari yo'q edi.
Seskanib ketdim. Birinchi martta bunday xolatni ko'rdim. Va achinishni boshladim. Kimga?
Hamma joyi sog' bo'la turib umrida bir martta bo'lsa ham peshonasi sajdaga tegmagan yaqinlarimga. Naxot tavba qilishingiz uchun, qandaydur falokat yuz berishi kerak bo'lsa? Naxot ozgina bo'lsa ham o'ylab ko'rmasangiz siz "Tavba" ga "Namoz" ga muxtojligingizni?
Shukr qilishni boshlamaymizmi?
"Allohim avf et" - deya tavba qilishnichi?
"Qalbimizni isloh qilsin"
@abrorjonnotes




