📋 O’zbekiston yetakchisining Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishida ilgari surgan taklif va tashabbuslari:
➖ Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish;
➖ Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishi ma’lum qilindi va Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklif qilindi;
➖ Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansini”ni tashkil etish;
➖ Bankning “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qoʻshilish va uning doirasida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirish;
➖ “Markaziy Osiyo yashil belbogʻi” mintaqaviy loyihasini amalga oshirish;
➖ Mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon – “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish.
👉 @abrorhamza 👈

May 4, 2026 1.7K