Behruzbek's Blog: post #542 — TG.ME

“Cybersecurity Club Cybercamp 1.0” yozgi oromgohi doirasida sayohat va “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

🏆Dastur doirasida ishtirokchilar Qo‘qon shahridagi O‘rda saroyiga tashrif buyurib, shahar tarixi, milliy me’morchilik an’analari hamda tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishdi.

🔵Bundan tashqari, “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etilib, unda jamoalar fan, texnologiya, tarix, adabiyot hamda sportga oid turli savollariga javob berdi.

Bellashuv yakunida ishtirokchilarning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashda bunday tadbirlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

✔️Ma’lumot uchun, “Cybersecurity Club Cybercamp 1.0” yozgi oromgohi 5-iyulga qadar davom etadi.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube | 📱Instagram
👏1
July 1, 2026 142