Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣… — Abit.uz | Rasmiy kanali — TG.ME

Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi


📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra:

✍️ imtihonning yozma qismi — 24-avgust kuni;

🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 25-avgustdan
4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.

🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.

⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

⛳ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-08-20-4

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus
🔴
❤7
August 24, 2026 4.9K 6