Abbos Khazratov | Dizayn Blog: post #438 — TG.ME

🎮 FIFA'dan mahsulot dizayni haqida juda qiziq dars

Bugun FIFA 17–19'dagi Story Mode'ni yaratgan jamoaning tajribasi haqida eski bir maqolani o'qib qoldim.

Meni UX yoki chiroyli interfeyslar emas, ularning fikrlash usuli qiziqtirdi.

Oddiy FIFA'ning oqimi juda sodda:

Menu → Match → Statistics → Menu

Lekin Story Mode'da hammasi o'zgaradi:

Story → Dialog → Choice → Match → Consequences → Story

Bu endi shunchaki futbol simulyatori emas. Bu – hikoya.

Shu yerda jamoa o'ziga juda qiziq savol bergan:

Qanday qilib FIFA interfeysini shunchaki funksional emas, balki immersiv va emotsional qilish mumkin?


Buning uchun ular 3 ta tamoyil ishlab chiqishgan:

1. Maqsadli immersiya

Har bir ekran ikkita maqsaddan biriga xizmat qilishi kerak:

🔹 Functional Immersion – foydalanuvchi vazifani tez va qulay bajarishi uchun.
🔹 Emotional Immersion – foydalanuvchi nimanidir his qilishi uchun.

Ko'p mahsulotlarda biz faqat birinchisiga e'tibor qaratamiz. Lekin eng esda qoladigan mahsulotlar ikkinchisini ham yaratadi.

2. Kontekstli dizayn

Har bir ekran bir xil bo'lishi shart emas. Ba'zi joylarda interfeys deyarli ko'rinmasligi kerak. Ba'zi joylarda esa ko'proq ma'lumot berishi kerak.

Shu sababli ular interfeyslarni:

• Light UI
• Medium UI
• Heavy UI

ga ajratishgan.

Bir xil dizayn tizimi hamma joyda bir xil ishlamaydi.

Kontekst muhim.

3. UX Framework

Ular ekranni emas, butun tajribani loyihalashgan. Har bir nuqtada o'zlariga mana bu savolni berishgan:

Foydalanuvchi hozir nimani qilmoqda?
Nimani his qilmoqda?
Keyingi qadamga qanday o'tadi?


Bu menga yana bir narsani eslatdi:

Biz dizaynerlar ko'pincha button, karta, animatsiya va komponentlarni loyihalaymiz. Aslida esa foydalanuvchi uchun:

👉 tajriba,
👉 ritm,
👉 hissiyot,
👉 hikoya yaratamiz.

Ayniqsa davlat tizimlari va korporativ mahsulotlarda bu juda seziladi. Ko'p tizimlar funksional. Lekin juda kam tizimlar o'z foydalanuvchisiga yaxshi tajriba bera oladi.

Ba'zan yaxshi UX yangi feature qo'shish emas.

Ba'zan yaxshi UX – foydalanuvchini kerakli paytda kerakli hissiyotga olib borishdir.


@AbbosDesign
🔥8🐒5⚡3🤣1
June 25, 2026 325 1