Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil… — Deputat Abdulaziz Xujakov — TG.ME

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.

Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.

Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

Facebook
|Instagram|X
September 3, 2026 18