Baxt nima ekanligini izlamang. Undan ko’ra nima narsalar sizni baxtsiz qilishi mumkin? Shu haqida o’ylang. Va ulardan uzoqroq yuring. Yaxshi hayot va baxt — mavhum narsalar. Qanoat va halovat bo’lmasa doim yaxshirog’ini qidirib yuraverasiz. Lekin yomon hayot — qarzlar, zaharli (toksik) munosabatlar, surunkali stress — real va aniqdir. Havaskorlar tennisida g'alaba qozonish uchun daho bo'lish shart emas, shunchaki eng kam xato qilishning o'zi yetarli. Hayotda ham xuddi shunday: doimo o'ta aqlli bo'lishga urinishdan ko'ra, izchil ravishda ahmoqona ishlardan qochish sizga ko'proq ustunlik beradi. Keksa va jasur uchuvchilar bo'lmaydi. Keksa uchuvchilar qahramonliklari uchun emas, halokatdan qochishni bilganlari uchungina tirik qolishgan. Sizning vazifangiz yutuqlarni quvish emas, sizni pastga tortuvchi va hayotingizni xavf ostiga qo'yuvchi narsalarni chetlab o'tishdir. Murakkab muammolarni qanday yechishni o'ylamang. Ularga umuman aralashmaslikni o'rganing. Hayotingizni siz unga nimalarni qo'shganingiz emas, balki undan nimalarni olib tashlaganingiz boyitadi. Barcha salbiy narsalarni yo'q qilsangiz, yaxshiliklar o'z-o'zidan paydo bo'ladi. birfoizbilim
Baxt nima ekanligini izlamang. Undan ko’ra nima narsalar sizni… — Never forget me — TG.ME
March 26, 2026 1.5K 10