1-avgust
10 yil oldin shu kuni hayajon bilan imtihonga kirganimni va undagi bo'lgan har bir jarayonni aniq eslayman.
O'sha paytlari yiliga bir marta imkoniyat berilardi va bitta institutga topshirsa bo'lardi, xolos. Hammaning imtihoni bir kunda bo'lardi.
Hozirgiga o'xshab har xil vaqtda emas, savollar ham tarqab ketmagan, 5 xil yo'nalishga topshirish imkoni yo'q edi... Ehe, yoshlarga hozir qanchalik imkoniyatlar yaratilgan. Faqat imkoniyat ko'paygani mehnat kamaydi degani emas — kirish osonlashgan bo'lsa ham, yaxshi joyga kirish hamon o'sha mehnatni talab qiladi.
Kattalar aytishadi-ku "biz paytlarimizda boshqacha edi" deb — o'zimni hozir xuddi shunday his qildim. 😅
Imtihonga qaytadigan bo'lsak. Ustozlarim ishonch bilan meni Toshkentga yuborishdi.
Ustozlarimga Toshkentga topshirmoqchi ekanimni aytganimda: "Dilhayot, siz bo'ladigan bolasiz, sizga ishonaman, omadingizni bersin", degan gaplari, ko'rsatkich barmoqlarini tepaga qaratib gapirishlariyu ovoz ohanglarigacha haligacha yodimdan chiqmaydi.
Imtihon o'tkazilishi bir masala, javobi chiqishi umuman boshqa daraja edi. Naqd 19 kun kutganman.
O'sha kuni qanchalik baxtli bo'lganimni yozib berolmayman — qalam ojizlik qiladi, deyishadi-ku.
Umumiy to'plagan ballim bilan ham maqtanib qo'yay: 188.8 ball to'plaganman.
O'sha kungi bola endi 10 yilga kattaroq, endi o'zim o'quvchilarimni imtihonga tayyorlayman. Lekin o'sha kunning hayajoni hali ham xuddi kechagidek.
Bu yil topshirayotganlar bormi? Ballaringizni yozinglar — kuzatib boraman.
5
5
4
2August 1, 2026 273 1 2