Baho — bu farzandingizning qiymati emas
«5» olgan bola aqlli, «3» olgan bola dangasa — bu eskirgan qarash. Baho faqat bitta kunning, bitta mavzuning ko'rsatkichi.
Bolani baho uchun urishsangiz, u bilim uchun emas, baho uchun o'qiydigan bo'ladi. Yomon baho olsa — yashiradigan bo'ladi.
Buning o'rniga so'rang: «Nimani tushunmading? Kel, birga ko'ramiz». Shunda bola xatosini yashirmaydi — o'rganadi.
8
6
4July 31, 2026 258 1