Har bir musulmoning zimmasida sadaqa bor
Sa’id ibn Abu Burda ibn Abu Muso Ash’ariy otasidan u bobosidan rivoyat qiladi Nabiy sollallohu alayhi vasallam Har bir musulmonning zimmasida sadaqa bor dedilar Bordiyu topa olmasa-chi deyishdi Qo‘li bilan mehnat qiladi shunda o‘ziga ham foyda keltiradi, sadaqa ham qiladi dedilar Agar bunday qila olmasa-chi (yoki qilmasa-chi) deyishdi Boshiga ish tushgan hojatmandga yordam beradi dedilar Agar shuni ham qilmasachi deyishdi Yaxshilikka (yoki ma’rufga) buyuradi dedilar Agar shuni ham qilmasa-chi deyishdi unday bo‘lsa yomonlikdan tiyiladi chunki bu ham uning uchun sadaqadir dedilar Imom Buxoriy rivoyati


