Xadis Qabr savol javobi va uning azobi haqida Abu Hurayra roziyallohu… — Hadis Tv — TG.ME

#Xadis Qabr savol javobi va uning azobi haqida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qachon mayit qabrga qo‘yilsa yoki biringiz uyquga yotsangiz unga ikki qop-qora ko‘m-ko‘k farishta keladir Ularning birini Munkar deyiladi va boshqasi Nakir deyiladi Bas ikkovlari unga Bu kishi haqida nima der eding derlarBas u o‘zi aytib yurgan narsasini aytib U Allohning bandasi va rasuli Ashhadu allaa ilaha illallohu va ashhadu annaa Muhammadan abduhu va rasuluhuh deydi Batahqiq biz buni aytib yurganingni bilar edik derlar So‘ngra qabr uning uchun yetmish arshinga yetmish arshin qilib kengaytiriladi Keyin u uning uchun munavvar qilinadi Va unga Uxla deyiladi Ahlimga qaytib ularga xabar berayin deydi Uxla xuddi eng mahbub ahlidan boshqa kishi uyg‘otmaydigan kuyovga o‘xshab uxla deyiladi Bas u to Alloh uni o‘sha yotgan yeridan qayta tiriltirguncha uxlaydi Agar munofiq bo‘lsa Bilmayman odamlar aytib yurgan narsani eshitib aytib yurganman deydi Biz sening o‘shani aytib yurganingni bilar edik deydi ikkovlari So‘ngra yerga Uni bir siqqin deyiladi Bas uni siqqanda qovurg‘alari bir-biriga kirishib ketadi Bas u to Alloh uni o‘sha yotgan yeridan qayta tiriltirguncha azoblangan holda qoladi dedilar Imom Termiziy rivoyati

July 8, 2026 63 1