stipendiyagrant 📢 📣 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35… — TDYU Xotin-qizlar Kengashining rasmiy kanali! — TG.ME

#stipendiyagrant

📢 📣 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi va ta'lim granti g'oliblari aniqlandi.

👆 Mazkur stipendiya va ta'lim grantining 2026/2027-o'quv yili uchun sovrindorlari aniqlandi.

✔️ Stipendiya va ta'lim granti uchun munosib nomzodlarni tanlab olish uchun iyul-avgust oyi davomida 2-bosqichli tanlov bo'lib o'tdi.

✍️ Nomzodlarni aniqlashda ularning a'lo baholarga o'qishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olindi.

Grant g'oliblari:
1. Choriyev Ulug‘bek Rustamovich - Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
2. Rahmonaliyeva Mohizoda Jahongirovna - Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-kurs talabasi;
3. Abdusattarova Nodira Alisher qizi - Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 3-kurs talabasi;
4. Anvarov Demirali Taxir o‘g‘li - Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi.

Stipendiya g'oliblari:
1. Najmiddinova Sarvara Nodirbekovna - Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
2. Muhammadiyeva Ruhshona Muzaffar qizi - Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabas;
3. Mahkamova Fotimaxon Abdullajon qizi - Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 2-kurs talabasi;
4. Maxmudov Alisher Timur o‘g‘li - Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 1-kurs talabasi.


Tanlov komissiyasining tavsiyasi asosida universitet rektorining buyrug'i bilan mazkur o'quv yili uchun universitetning 8 nafar iqtidorli talabalari Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi va ta'lim granti hamda 4 nafar akademik litseyi o'quvchilari universitet stipendiyasi va ta'lim granti sovrindori bo'lishdi.


💶 Universitet stipendiyasi sovrindorlariga bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim baravari miqdorida stipendiya berib boriladi.

💶 Universitet ta'lim granti sovrindorlari ushbu o'quv yili uchun belgilangan to'lov-kontrakt miqdorining yarmidan ozod etiladi.

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi universitet ta'lim granti hamda stipendiyasini qo'lga kiritgan iqtidorli talaba-o'quvchilarni ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etadi.


Bizni kuzating

@TDYU_Yoshlarvasport
❤3
August 27, 2026 171 1