Biz gapirdik. Endi amalda sinab ko‘ramiz.
18-dekabr, 2026 — «Avengers: Doomsday».
Marvel Studios’ning yangi «Qasoskorlar» filmi 18-dekabr kuni kinoteatrlarda chiqadi.
Hozircha O‘zbekistonda uning o‘zbek tilidagi versiyasi rejada yo‘q.
Shuning uchun biz Disney’ning lokalizatsiya bo‘limiga va O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorga murojaat tayyorlayapmiz.
Murojaatga esa eng kerakli narsa — raqam.
Nechta odam filmni o‘zbek tilida ko‘rishni xohlaydi?
Buni bilish uchun saytimizda petitsiya ochdik.
Imzo chekish taxminan 30 soniya: ism, shahar va aloqa ma’lumoti.
👉 geektv.org/petitsiya
Forwarded fromGeekTv studiyasi

12August 19, 2026 486 2 1