Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
9-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminarda Gafurova Gulrux Baxtiyarovnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Publitsistik uslubdagi matnlar tarjimasining lingvostilistik va pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek gazetalari misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Ilmiy seminar oflayn hamda onlayn (ZOOM) platformasi orqali tashkil etildi.
Ilmiy seminar davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalari hamda dissertatsiya ishining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadqiqotchi tomonidan berilgan savollarga javoblar tinglanib, dissertatsiya ishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan tegishli fikr va xulosalar bildirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt








