Talabalar turar joyida talabalar holidan xabar olindi Talabalarning… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Talabalar turar joyida talabalar holidan xabar olindi

Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijtimoiy-ma’naviy holatidan xabardor bo‘lish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining IPMBIB mutaxassislari N. Israilova, O. Artiqova hamda D. Matyakubovalar tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni bilan bog‘liq masalalari, murojaat va takliflari tinglandi.

Shuningdek, suhbat davomida talabalar turar joyida belgilangan ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, xonadoshlar va boshqa talabalar bilan o‘zaro hurmat hamda hamjihatlikda bo‘lish, umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash, universitet sha’niga munosib xulq-atvor namoyon etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤11👍1
September 9, 2026 3.1K 4