"Men muxlislarni tanqid qilmayapman, murabbiy sifatida gapiryapman. U hozir eng yaxshi formasida emas, buni hammamiz ko‘rib turibmiz. Ammo u buni o‘zi ham juda yaxshi tushunadi va o‘yinlar taqdirini hal qiladigan Vinisius bo‘lish uchun astoydil ishlamoqda.
U hozir cho‘qqisida emasligi sababli, har qachongidan ham ko‘proq mehnat qilmoqda. Men bunday Vinisiusni juda hurmat qilaman va bizga g‘alabalar olib keladigan Vinisius tez orada albatta qaytadi.
Agar u jamoa uchun o‘ynasa, mening qo‘llab-quvvatlashimga doim ishonishi mumkin. Bu har doim asosiy tarkibda o‘ynashi yoki 90 daqiqani to‘liq maydonda o‘tkazishi kerak degani emas. Ammo jamoa uchun o‘ynar ekan, u doim mening hurmatim va mehrimga ega bo‘ladi.
Vinisius eng yaxshi formasida bo‘lsa, o‘yinlar taqdirini hal qila oladi. U buni "Benfika"ga qarshi 1:1 hisobida qarshi hujumni gol bilan yakunlaganida men bilan ham ko‘rsatgan.
Bor kuchini berib o‘ynayotgan futbolchidan bundan ham ko‘proq narsani talab qilish shart emas."
UZREPORT TVning futbol sahifasiga obuna bo'ling!👇
@UZREPORT | FUTBOL



