📚🔔 BIRINCHI QOʻNGʻIROQ TADBIRI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI
Uchqoʻrgʻon tumani MMTBga qarashli 44-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yangi 2026–2027-oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri koʻtarinki va bayramona ruhda oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoʻllangan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Unda yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, sifatli taʼlim olish, Vatanga sadoqatli va barkamol inson boʻlib voyaga yetish kabi ezgu tilaklar bildirildi.
Shuningdek, tadbirning eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida Prezidentimizning 1-sinf oʻquvchilari uchun yoʻllagan sovgʻalari oʻquvchilarga tantanali ravishda taqdim etildi.
Bayram tadbiri oʻquvchilar, ota-onalar va ustozlarda yangi oʻquv yiliga katta ishonch, quvonch va koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
🔔📖 Yangi oʻquv yili barchaga muvaffaqiyat, bilim va ulkan zafarlar olib kelsin!
Афсонавий 😎: @Uchqorgon
13
5
1September 2, 2026 2.4K 5