🇮🇹 Nesta — Amadeuszning yangi «Sug‘urtalovchi» (Страхующий) uslubi tahlili
Asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi Nesta avvalgi «Latsio» versiyasidan unchalik farq qilmaydi. Uning asosiy ustunligi — aynan yangi «Sug‘urtalovchi» o‘yin uslubi.
«Sug‘urtalovchi» nima qiladi?
Rasmiy tavsifga ko‘ra, himoyachi sheriklari pressing qilish uchun oldinga chiqqanda, ular ortida bo‘shab qolgan hududni yopadi.
Ammo Amadeuszning fikricha, bu mexanikaning mohiyatidan ko‘ra natijasining tavsifi. U «Sug‘urtalovchi»ni «Buzuvchi» (Разрушитель) uslubi bilan taqqoslaydi:
⚽️ «Buzuvchi» — asosan himoya chizig‘i oldida yugurib chiqayotgan raqibga reaksiya qiladi.
⚽️ «Sug‘urtalovchi» — asosan himoyachilar ortiga yugurib o‘tishga harakat qilayotgan futbolchilarni nazorat qiladi.
♻️PES mobile day to day👇
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
@uzpes
@uzpes_sale
@uzpes_coins

