Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Energetika” kafedrasining o‘qituvchisi Xamidov Yusuf Karimberdi o'g'lining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashda o‘z nomzodini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hamkasbimiz “Issiqxonalardagi ekinlarni oqqanot hasharotlardan himoyalaydigan energetik qurilmani ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishini “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi bo‘yicha yoqlab, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq ko‘rildi.
✨ Universitet jamoasi nomidan Yusup Xamidovni ushbu yutug‘i bilan muborakbod etamiz!




