TDMAU | Rasmiy: #33976-post — TG.ME

Talabalar ishtirokida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Vatanimiz istiqlolining 35 yillik bayrami munosabati bilan Mexanika va konchilik ishi fakulteti "Yo‘l harakatini tashkil etish" yo‘nalishi talabalari ishtirokidagi tadbir "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g‘oyasi ostida o‘tkazildi.

Uchrashuvda so'z olganlar, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar hamda Vatanga sadoqat ruhida yashashning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtaldi.

Mazkur ma’rifiy muloqotda fakultet rahbariyati, tyutorlar hamda 130 nafardan ortiq faol talaba yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savol va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday tadbirlar yoshlarning milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirishga va kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
⚡3❤2👍1🔥1
September 9, 2026 900 5